BOLALARGA BAXSHIDA BO‘LSIN BU OLAM
Bolalar. Bu so‘zni eshitganimiz hamono ko‘z o‘ngimizda quvnoq, o‘yinqaroq yosh avlod gavdalandi. Olam va odamning davomiyligi dilbandlarimizning borligi bilan. Bolalarni himoya qilish mazmuni tinchlik va osoyishtalikka ishoradir. Butun dunyoda tinchlik istagi o‘z-o‘zidan bolalarni himoya qilish ham demakdir. Bolalikka faqatgina mo‘jizalar xos. U sehrli olam. Ertaklarning sirli olami ichra hamohangdir bolalik. Baxtimizning ko‘zmunchog‘i bo‘lgan bu shirintoylarning o‘z olami bor. Unda poklik, beg‘arazlik, musaffolik bor. Hayrat to‘la nigohlari, mitti vujudi orzu-umidlarga to‘la. Iliq tafti esa quyoshning mehriga mushtarak.
Jonimizga darmon, ko‘zimizga sevinch, umrimizga mazmun, hayotimizga chiroy baxsh etgan jajji dilbandlarimizga dunyoni beraylik. Ularga mehr deb ataluvchi mo‘jizani, bolalikdek go‘zal sehrni baxshida etaylik. Zero-bolalar kelajagimizdir.
Zaynitdin Jo‘rayev
Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i

Kiritilgan vaqti: 02/06/2022 19:46; Ko‘rilganligi: 583
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/speeches/bolalarga-baxshida-bolsin-bu-olam
Chop etilgan vaqti: 20/03/2023 15:08
Chop etilgan vaqti: 20/03/2023 15:08