Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

SOG‘LOM OVQATLANTIRISHNI TASHKIL ETISH BO‘YICHA O‘QUV-SEMINAR O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Maktabgacha ta'lim muassasalarida “Sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi qo‘shma qaroriga asosan 2 mart kuni Samarqand shahridagi 94-maktabgacha ta'lim muassasasida oshpazlar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Seminarda viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi mutaxassislari, shahar Maktabgacha ta'lim bo‘limi, Davlat sanitariya epidemiologiya markazi vakillari, shahardagi 97 ta maktabgacha ta'lim muassasalariga xizmat ko‘rsatayotgan oshpazlar hamda autsorsing tizimidagi tadbirkorlar ishtirok etishdi.


Kiritilgan vaqti: 04/03/2019 10:25;   Ko‘rilganligi: 1773
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/seminars-briefings/soglom-ovqatlantirishni-tashkil-etish-boyicha-oquv-seminar-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 07/10/2022 15:12
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing