Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Seminarlar davom etmoqda.

  “Bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasasi qanday bo‘lishi kerak?: jumladan, maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish,tizimli rejalashtirish va muvofiqlashtirishning asosiy yo‘nalishlari” shiori ostidagi seminar bugun Urgut hamda Tayloq tumanlarida  o‘tkazildi.

Seminarda me'yoriy hujjatlarning ahamiyati, Open EMIS axborot tizimiga ma'lumotlarni muntazam ravishda kiritishda MTM mudirasining asosiy vazifalari hamda kutubxona faoliyati atroflicha muhokama etildi.

Seminarda ishtirok etgan pedagog xodimlar muassasaning guruhlarida bo‘lib, kun tartibidagi mujassamlashtirilgan mashg‘ulotlar bilan tanishishdi. Ushbu mashg‘ulotlar maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralari hamda tarbiyachilari tomonidan tahlil qilindi.


Kiritilgan vaqti: 06/02/2019 20:37;   Ko‘rilganligi: 1743
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/seminars-briefings/seminarlar-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 07/10/2022 15:18
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing