Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining Avgust anjumani o‘tkazildi

  Joriy yilning 27 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining “2018/2019 o‘quv yilida maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning strategik afzalliklari – ommaboplik va sifat” shiori ostida avgust anjumani  o‘tkazildi.

Mazkur anjumanda Samarqand viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi studiyasida boshqarma apparat xodimlari, tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limi mudirlari hamda viloyatdagi eng namunali maktabgacha ta'lim muassasasi mudirlari ishtirok etishdi.

 

Mazkur anjumanning kun tartibida O‘zbekiston Respublikasida ilk va bog‘cha yoshidagi bolalarni rivojlantirish bo‘yicha davlat talablarini, “ILK QADAM” maktabgacha ta'lim muassasasining davlat o‘quv dasturini, Maktabgacha ta'lim tizimida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etishda OpenEMIS axborot tizimini,  bolalarni sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirishda “Autsorsing” usulini joriy qilish hamda bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish masalalari bo‘yicha ma'ruzalar tinglandi.

 


Kiritilgan vaqti: 27/08/2018 20:59;   Ko‘rilganligi: 2307
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/seminars-briefings/ozbekiston-respublikasi-maktabgacha-talim-vazirligining-avgust-anjumani-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 20/03/2023 15:03
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing