Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Maktabgacha yoshdagi bolalarda tajriba o‘tkazish orqali tadqiqotchilik qobiliyatini shakllantirish uchun tayyorlangan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

2019 yil 8 yanvar kuni Samarqand davlat universiteti zalida Maktabgacha yoshdagi bolalarda tajriba o‘tkazish orqali tadqiqotchilik qobiliyatini shakllantirish uchun tayyorlangan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot marosimida SamDU rektori, professor R.Xalmuradov, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i N.Sadinova, kafedra o‘qituvchisi N.Mullajanova hamda kafedra mudirlari ma'ruza qildilar.

Tadbirda viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi xodimlari, tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limlari metodistlari va maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralari qatnashdilar.


Oxirgi o‘zgarish: 09/01/2019 10:15;   Ko‘rilganligi: 2067
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/seminars-briefings/maktabgacha-yoshdagi-bolalarda-tajriba-otkazish-orqali-tadqiqotchilik-qobiliyatini-shakllantirish-uchun-tayyorlangan-oquv-uslubiy-qollanmalar-taqdimoti-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 07/10/2022 13:54
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing