Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil  30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3955-sonli qarorida belgilangan vazifalarning bajarilishi muhokama qilindi.

Videoselektor yig‘ilishiga viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi studiyasidan boshqarma boshlig‘i, o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari va mutaxassislar, tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limi mudirlari, tuman va shahar studiyalaridan esa bo‘lim mudiri o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari va mutaxassislar hamda maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralari ishtirok etishdi.

 


Oxirgi o‘zgarish: 24/12/2018 14:04;   Ko‘rilganligi: 1809
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/seminars-briefings/22-dekabr-kuni-ozbekiston-respublikasi-maktabgacha-talim-vazirligining-videoselektor-yigilishi-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 07/10/2022 14:54
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing