2018 yil 23 mayda Samarqand viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi, “Stekloplastik” ma'suliyati cheklangan jamiyati va “Qo‘rg‘oni kalon” firmasi hamkorligida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida joriy yilning 19 dekabr kuni maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshiririlayotgan islohotlar va istiqboldagi vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan majlis bayonida Janubiy Koreya tajribasi asosida maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining intellektual qobiliyatini va motorikasini rivojlanturuvchi didaktik o‘yinlar va o‘yinchoqlar, mebel jihozlari va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash me'yorlarini ishlab chiqish to‘g‘risida qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqgan holda, 2018 yil 23 mayda Samarqand viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi, “Stekloplastik” ma'suliyati cheklangan jamiyati va “Qo‘rg‘oni kalon” firmasi hamkorligida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Maktabgacha ta'lim muassasasalari uchun didaktik o‘yinchoqlar, 12 turdagi mebel jihozlari, sport inshootlari ko‘rgazmalari tashkil qilindi. Seminarda viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi xodimlari, tuman(shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limlari mudirlari, bosh hisobchilari, tadbirkorlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdilar.
Kiritilgan vaqti: 25/05/2018 12:03; Ko‘rilganligi: 2525
Chop etilgan vaqti: 20/03/2023 13:49