Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

2018 yil 17 dekabr kuni Samarqand viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘limi boshlig‘i H.Madraimov ishtirokida videoseminar o‘tkazildi.

Mazkur videoseminarning viloyat studiyasida viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i N.Sadinova,  boshqarmaning bo‘lim boshliqlari va mutaxassislari, tuman va shaharlar studiyalarida  tuman va shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi mudirlari, bo‘lim mutaxassislari va barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari mudirlari ishtirok etdilar.

Videoseminar kun tartibida Maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimi (Open EMIS)ga davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari to‘g‘risida ma'lumotlarning kiritilishi ahvoli, axborot tizimidagi ma'lumotlar tahlili hamda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan boshqarma mas'ul xodimlariga, bo‘lim rahbarlari hamda barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralariga tegishli vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.


Kiritilgan vaqti: 19/12/2018 13:16;   Ko‘rilganligi: 1638
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/seminars-briefings/2018-yil-17-dekabr-kuni-samarqand-viloyat-maktabgacha-talim-boshqarmasi-majlislar-zalida-ozbekiston-respublikasi-maktabgacha-talim-vazirligi-axborot-kommunikatsiya-texnologiyalarini-joriy-etish-bolimi-boshligi-hmadraimov-ishtirokida-videoseminar-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 07/10/2022 13:58
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing