Матбуот анжуманлари, семинарлар ва брифинглар
KORRUPSIYANING OLDINI OLISH – ASOSIY VAZIFAMIZ

15-12-2022 11:02 102
Joriy yilning 15-dekabr kuni Navoiy shahridagi viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazining majlislar zalida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” munosabati bilan Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmalari mas’ullari, tizim quyi tashkilotlari rahbar va xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
Maktabgacha taʼlim vazirligida “Ochiq muloqot” tashkil etildi

14-12-2022 10:50 109
Bugun Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida yil yakuni bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur tadbirda nafaqat bu yil yakunlari, balki so'ngi 5 yillikning yakuni bo‘yicha ham so‘z bordi
“Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida o‘quv-seminar

04-11-2022 16:48 296
Joriy yilning 4-noyabr kuni Viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi faollar zalida boshqarma xodimlari, shahar va tuman maktabgacha ta'lim bo'limlari xodimlari ishtirokida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali bosh inspektori Axatov Foziljon Olimjonovich tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 595-son qarorining mazmun-mohiyatini davlat xizmatchilari o‘rtasida tushuntirish maqsadida ZOOM platformasi orqali o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Mahorat maktabi a'zolari Paxtachi tumanida

02-11-2022 14:47 159
Joriy yilning 2-noyabr kuni Paxtachi tumanidagi 44-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari ushun takomillashtirilgan “Ilk qadam”davlat o‘quv dasturi asosida ta'lim -tarbiyaviy jarayonni tashkil etish, bolalarning rivojlanish xaritasi” va ish jurnalida tarbiyachilar ish rejasining yuritilish tartibi bo'yicha nazariy va amaliy seminar treninglar o‘tkazildi.
Mahorat maktabi a'zolari Bulung‘ur tumanida

02-11-2022 14:41 210
2022-yil 2-noyabr kuni Bulung‘ur tumanidagi pedagogika kollejining faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari ushun takomillashtirilgan “Ilk qadam”davlat o‘quv dasturini ta’lim-tarbiyaviy, jarayonga tadbiq etish “Bolalarning rivojlanish xaritasi” va ish jurnalida tarbiyachilar ish rejasining yuritilish tartibi bo‘yicha nazariy va amaliy seminar treninglar o‘tkazildi.
Tuman va shahar maktabgacha ta’lim bo‘limining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo'yicha mutaxassislariga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimidan (MTBAT) samarali foydalanish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.
15-04-2022 16:41 354
Tuman va shahar maktabgacha ta’lim bo‘limining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo'yicha mutaxassislariga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Bolalar bog'chasi" axborot tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.
Tayloq tumani Maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan ijro va ichki mehnat intizomiga rioya qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
15-02-2020 20:46 1457
Joriy yilning 15 fevral kuni Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyuldagi "Sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida"gi 626-sonli qarori hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirining 2019 yil 30 avgustdagi “Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 155-sonli buyrug‘ining ijrosini ta'minlash hamda ijro va ichki mehnat intizomiga rioya etish to‘g‘risida tumandagi Pedagogika kollejida MTT rahbarlari, xo‘jalik ishlari mudirlari, hamshiralari ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘ining 2020 yil 16 yanvardagi 4-sonli buyrug‘ining ijrosini ta'minlash maqsadida Bugun Jomboy tumanida tuman va shahar maktabgacha ta'lim bo‘limlarining Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini hamda o‘qitishning muqobil shakllarini tashkil etish bo‘limi mas'ul xodimlari ishtirokida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
04-02-2020 20:56 1335
Seminarda “Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga doir me'yoriy-huquqiy hujjatlarini yuritish tartibi”, “Maktabgacha ta'lim tashkilotlari mavqeini ko‘tarishda jamoatchilik tashkilotlarining o‘rni va roli” mavzularda ma'ruzalar tinglandi. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi
Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta'lim va tarbiya to‘g‘risida” gi Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi
01-02-2020 11:07 1429
Seminarda boshqarmaning bosh yuriskonsulti Sh.Aripov ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta'lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunining maqsadi, mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi. Jumladan, Qonunning 56-moddasiga alohida to‘xtalib, ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishi lozimligini ta'kidladi. Seminar o‘zaro fikr almashish savol-javob tarzida qiziqarli o‘tkazildi
Joriy yilning 25-yanvar kuni Oqdaryo tumanida maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Sh. Raxmonov bilan yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.
25-01-2020 18:05 1502
Uchrashuvda viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i so‘zga chiqib Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida maktabgacha ta'lim sohasi bo‘yicha fikrlariga alohida to‘xtalib o‘tdi Shuningdek tuman tashkilotlarida mehnat qilayotgan yoshlarni qiynayotgan muammolarini tinglab, ularning yechimi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar asosida ishlar amalga oshirilishini ta'kidladi