Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

“XXI asr pediatriyasi va farmatsiyasi: muammolar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya.

2022-yil 18-noyabr kuni Samarqand Davlat Tibbiyot universitetining Katta majlislar zalida “XXI asr pediatriyasi va farmatsevtikasi: muammolar va ularning yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishi boshlandi.

Anjumanda Rossiya, AQSH, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Hindiston, Pokiston, Tojikiston va boshqa davlatlar hamda mamlakatimiz tibbiyot oliy o‘quv yurtlaridan pediatriya va farmatsevtika sohasining taniqli mutaxassislari ishtirok etdi. Ushbu konferensiyada kelajak avlodni ilk yoshidan kasbga qiziqish uyg‘otish maqsadida Samarqand shahar maktabgacha ta'lim bo‘limiga qarashli 73-DMTT ning tarbiyalanuvchi qizlari ham qatnashishdi. Anjumanda tarbiyalanuvchilar o‘z badiiy chiqishlarini namoyish etishdi. Shu jumladan, Samarqand Davlat Tibbiyot universiteti va 73-DMTT o‘rtasida hamkorlik sharnomasi ham imzolandi.


Kiritilgan vaqti: 21/11/2022 11:38;   Ko‘rilganligi: 30
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/news/xxi-asr-pediatriyasi-va-farmatsiyasi-muammolar-va-yechimlar-mavzusidagi-xalqaro-ilmiy-amaliy-konferensiya
Chop etilgan vaqti: 03/12/2022 00:39
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing