Endi farzandlaringizni maktabgacha ta'lim muassasalariga joylashtirishda tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limlarining rasmiy veb-saytlaridagi ma'lumotlardan foydalanishingiz mumkin.
Rasmiy veb-sayt orqali MTMlar haqidagi ma'lumotlar bilan tanishish uchun ota-onalarga hamda Davlat xizmatlari markazlariga davlat axborot xizmatlari ko‘rsatishda qulayliklar yaratish maqsadida doimiy ravishda ko‘rib borish imkoniyatlari yaratildi.
DMTM mudirining imzosi va muhri bilan taqdim etilayotgan muassasadagi bo‘sh o‘rinlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar asosida mazkur veb-saytdagi sahifalar har haftaning “Dushanba” kunida yangilanib borilmoqda.
Bundan tashqari, ota-onalarga tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limining (vakolatli organ) rasmiy veb-saytining manzili (domen nomi) va davlat xizmatlarini ko‘rsatish tuzilmasi (infografika) tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari binosining kirish joyiga o‘rnatildi.
Bo‘limning rasmiy veb-sayti sahifalaridagi ma'lumotlarning o‘z vaqtida qo‘yilishiga va ishonchligiga tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limi mudirining javobgarlik vazifalari yuklatilgan.
Tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limlarining veb saytlari:
samshaharmtb.uz/institution
katshmtb.uz/institution
bulungurmtb.uz/institution
jomboymtb.uz/institution
ishtixonmtb.uz/institution
kattmtb.uz/institution
narpaymtb.uz/institution
nurobodmtb.uz/institution
oqdaryomtb.uz/institution
payariqmtb.uz/institution
pastdargommtb.uz/institution
paxtachimtb.uz/institution
samtmtb.uz/institution
tayloqmtb.uz/institution
urgutmtb.uz/institution
qushrabotmtb.uz/institution
Oxirgi o‘zgarish: 27/06/2018 15:17; Ko‘rilganligi: 2325
Chop etilgan vaqti: 20/03/2023 13:58