Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Samarqand tumanida 2 ta nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi foydalanishga topshirildi.

Viloyatimiz hududida istiqomat qilayotgan 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrovini oshirish maqsadida Navro‘z bayrami tuhfasi sifatida 2 ta nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi foydalanishga topshirildi.

Samarqand tumanidagi “Buxoriy” mahallasida “BABY LAND” nomli, “Yuqori Turkman” mahallasida “Jemchujina” nomli 100 o‘rinli nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Shu kuni viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i hamda Samarqand tuman hokimi Sh.Djamalov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan tuzilgan bitim asosida 20 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlarga Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini olib borish uchun ruxsatnomalar tantanali ravishda topshirildi.


Kiritilgan vaqti: 25/03/2019 14:52;   Ko‘rilganligi: 1897
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/news/samarqand-tumanida-2-ta-nodavlat-maktabgacha-talim-muassasasi-foydalanishga-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 07/10/2022 14:25
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing