Samarqand shahrida “SMAYLIK” nomli nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Hozirgi kunda Samarqand shahrida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasalarining soni 14 taga yetdi. Ularning jami quvvati 1030 o‘rinli bo‘lib, 35 ta guruhda 790 nafar bolalar tarbiyalanmoqda.
Samarqand shahridagi “Davlatshoh Samarqandiy” mahallasida 2018 yil 31 iyul kuni “SMAYLIK” nomli nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ochildi.
Ochilish marosimida Samarqand viloyati maktabgacha ta'lim boshqarma boshlig‘i N.Sadinova, Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari Z.Raximova, Samarqand shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri D.Saydullayeva, “Davlatshoh Samarqandiy” mahallasi raisi B.Raxmatov hamda mahalla faollari va mahalliy tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Kiritilgan vaqti: 31/07/2018 20:45; Ko‘rilganligi: 2492
Chop etilgan vaqti: 20/03/2023 15:38