Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Samarqand shahrida oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish va faoliyatini olib borish uchun 16 nafar tadbirkorlarga ruxsatnomalar tarqatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 iyuldagi “Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati bo‘yicha ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 595-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 2 fevral kuni Samarqand shahar, Motrid mahallasida birinchi oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Shahar hokimi F.Raximov tomonidan  16 nafar tadbirkorlarga ruxsatnomalar topshirildi.

Tadbirda shahar hokimi F.Raximov, shahar hokimining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi xodimi, hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.


Kiritilgan vaqti: 02/02/2019 19:46;   Ko‘rilganligi: 1751
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/news/samarqand-shahrida-oilaviy-nodavlat-maktabgacha-talim-muassasalarini-tashkil-etish-va-faoliyatini-olib-borish-uchun-16-nafar-tadbirkorlarga-ruxsatnomalar-tarqatildi
Chop etilgan vaqti: 07/10/2022 15:10
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing