Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

QASAMYODIGA SODIQ NAJOTKORLAR

Issiq jonning isitmasi bor, deyishadi. Albatta, har bir inson umrining qaysidir onlarida kasallikka chalinishi mumkin. Betob bo‘lib, jonimiz og‘riganida, salomatlik atalgan bebaho boylikning qadriga yeta boshlaymiz. Shunday paytda bizga tibbiyot xodimlari, jonga darmon shifokorlar madad bo‘lib, salomatligimizni tiklashga ko‘maklashadi.

Ayniqsa bugungi pandemiya davrida “ko‘rinmas yov” virusga qarshi mardonavor kurashayotgan shifokorlar mehnatini har qachongidan ham ko‘p va xo‘p e'tirof etsak arzir. Birlamchi bo‘g‘indan tortib shoshilinch tez tibbiy yordamgacha bemorlarning hayotini asrashda matonat va sabot bilan xizmat qilishyapti. Bor bilim va salohiyati, tajribasi, kuch-g‘ayratini inson sog‘ligini ta'minlashdek mashaqqatli va mas'uliyatli ishga safarbar etishmoqda. 

Aziz, jonga darmon shifokorlar!

Sizning bugungi sinovli davrda qasamyodingizga sodiq holda har qachongidan ham ko‘proq beg‘araz ezgu ishlaringiz, jonbozligingiz va fidokorligingiz chinakam qahramonlikdir. Sizlarni O‘zbekiston tibbiyot xodimlari kuni bilan samimiy tabriklaymiz. Kunu-tun aziz joningizdan xalqimiz salomatligini ustun qo‘yib mehnat qilayotganingiz uchun sizga tashakkur! Bemorlarning darddan forig‘ bo‘lib, umr manzillarida sog‘lom va saodatli hayot kechirishi sizning shifoingiz, shirin so‘zingiz tufayli. Ertangi kunga umid va ishonch uyg‘ota oladigan najot farishtalari-shifokorlar yonimizda bor ekansiz, biz insonlar sog‘ va salomat yashaymiz. Chehrangizdagi samimiylik, shirin so‘z va xushmuomalalik xasta ko‘ngillarga shifo bag‘ishlayversin. 

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

 Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi


Kiritilgan vaqti: 08/11/2020 10:13;   Ko‘rilganligi: 817
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/news/qasamyodiga-sodiq-najotkorlar
Chop etilgan vaqti: 07/10/2022 21:47
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing