Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

QAROR IJROSI AMALDA

Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasida viloyat hokimining 2021 yil 15-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10-iyundagi “Qamrov past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5144-sonli qarori ijrosini ta'minlash haqida”gi 121-Q-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi. 

Unda viloyatimizda maktabgacha ta'lim xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanib, boshqarmaning Bosh yuristkonsulti va kadrlar bo‘limi shahar va tuman Maktabgacha ta'lim bo‘limlari bilan birgalikda joylardagi maktabgacha ta'lim organlarining aniq vazifalari va funksiyalari taqsimotini tasdiqlashi, qamrov darajasi past bo‘lgan Nurobod, Urgut va Qo‘shrabot tumanlari maktabgacha ta'lim bo‘limi mudirlariga vazifalar yuklatildi. 

Nurobod tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri tuman hokimligi bilan kelishgan holda quvvati 120 o‘rinli 1 ta yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti, 800 o‘rinli 32 ta yangi tashkil etiladigan oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari, 100 o‘rinli 1 ta yangi tashkil etiladigan davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari, Urgut tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri tuman hokimligi bilan kelishgan holda quvvati 180 o‘rinli 1 ta yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti, 2500 o‘rinli 100 ta yangi tashkil etiladigan oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari, 400 o‘rinli 4 ta yangi tashkil etiladigan davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari, Qo‘shrabot tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri tuman hokimligi bilan kelishgan holda quvvati 300 o‘rinli 12 ta yangi tashkil etiladigan oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari, 100 o‘rinli 1 ta yangi tashkil etiladigan davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishi ta'kidlandi. 

Mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, aniq rejalar belgilab olindi.


Kiritilgan vaqti: 06/07/2021 19:14;   Ko‘rilganligi: 827
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/news/qaror-ijrosi-amalda
Chop etilgan vaqti: 20/03/2023 13:50
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing