Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Payariq tumanidagi 32-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasi foydalanishga topshirildi.

Joriy yilning 20 mart kuni Payariq tumani Toshhovuz mahallasidagi 32-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasining ochilish marosimi o‘tkazildi.

Investitsiya dasturi doirasida, zamon talablariga mos tarzda rekonstruksiya qilingan ushbu muassasada 100 nafar tarbiyalanuvchi ta'lim-tarbiya olishiga imkoniyat yaratildi.

Ochilish marosimida tuman hokimi D.Musinov, maktabgacha ta'lim bo‘limi mas'ullari va mahalla faollari ishtirok etishdi.


Kiritilgan vaqti: 20/03/2019 19:16;   Ko‘rilganligi: 1951
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/news/payariq-tumanidagi-32-sonli-davlat-maktabgacha-talim-muassasasi-foydalanishga-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 20/03/2023 15:49
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing