Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Payariq tumanida “Yulduzcha bahori” nomli nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ishga tushirildi.

Payariq tumanining Ahmad Yassaviy mahallasida 2018 yil 1 avgust kuni mahalla markazida zamon talablari asosida, 50 o‘ringa mo‘ljallangan “Yulduzcha bahori” nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi foydalanishga topshirildi.

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ochilish marosimida Payariq tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari I.Qo‘shmurodov, tuman hokimi o‘rinbosari,  xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Toshpulatova, “Oila” markazi rahbari D.Mamasoliyeva, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi I. Umirov, tuman Xalq ta'limi bo‘limi mudiri A. Rashidov, “Payariq hayoti” gazetasi muxbiri S. Muxammadiyev, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri S.Maxkamov, “Ahmad Yassaviy” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, MTM tarbiyalanuvchilarining ota-onalari ishtirok etishdi.

Tadbirga tashrif buyurishgan mehmonlar MTMning o‘quv mashg‘ulotlari  xonasi, sport zali, yotoqxonalar, yuvinish xonalarini ko‘zdan kechirishib, u yerdagi yaratilgan shart-sharoitlar, ya'ni didaktik o‘yinchoqlar bilan birga sifatli ovqatlantirishga alohida e'tibor qaratilganligi bilan yaqindan tanishishdi.

 

 


Kiritilgan vaqti: 06/08/2018 16:35;   Ko‘rilganligi: 3157
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/news/payariq-tumanida-yulduzcha-bahori-nomli-nodavlat-maktabgacha-talim-muassasasi-ishga-tushirildi
Chop etilgan vaqti: 20/03/2023 14:07
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing