Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Payariq tumanida yangi bog'cha foydalanishga topshirildi

Payariq tumani Istiqlol mahallasida zamonaviy "Obod mahalla maskani" foydalanishga topshirilgan edi.

Bu yerda Istiqlol mahallasining yangi binosi, xizmatlar ko'rsatish, shuningdek bolajonlar uchun barcha sharoitlarga ega bo'lgan 120 o'rinli zamonaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qad rostladi.

Nuroniylar, mahalla faollari ishtirokida "Mustafo" nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish marosimida tuman hokimi o'rinbosari F.Omonov so'zga chiqib, mahalla ahlini ushbu yangi muassasaning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.


Kiritilgan vaqti: 22/11/2022 11:43;   Ko‘rilganligi: 33
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/news/payariq-tumanida-yangi-bogcha-foydalanishga-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 03/12/2022 00:42
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing