Payariq tumanida 5-6 yoshli tarbiyalanuvchilar o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Payariq tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasalarining 5-6 yoshli tarbiyalanuvchilari o‘rtasida 2-MTMda “Sog‘lomjon - bolajon” sport musobaqasi doirasida sportning shaxmat va shashka turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Musobaqada 60 nafardan ortiq tarbiyalanuvchilar ishtirok etishdi.
Musobaqa yakunida g‘olib tarbiyalanuvchilar aniqlandi. Shaxmat bo‘yicha 39-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi Baxodirov Alisher 1-o‘rinni egalladi. Shashka bo‘yicha 29-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi G‘ofurov Bexruz 1-o‘rinni, 2- maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi Shukurov Aziz 2-o‘rinni, 1- maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi Anorboyev Hasan 3-o‘rinni egalladi. G‘oliblar maktabgacha ta'lim bo‘limining faxriy yorliq va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Oxirgi o‘zgarish: 18/05/2018 21:00; Ko‘rilganligi: 2369
Chop etilgan vaqti: 27/06/2022 19:10