Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Markaziy Harbiy okrug qo‘shinlari harbiy texnikalari va qurol-aslahalari ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Joriy yilning 8 yanvar kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligiga bag‘ishlab  “Ko‘ksaroy”  hamda Samarqand viloyat musiqali drama teatri maydonlarida Markaziy Harbiy okrug qo‘shinlari harbiy texnikalari va qurol-aslahalari ko‘rgazmalari tashkil etildi, shuningdek, Amir Temur xiyobonida okrug qo‘shinlarining tantanali paradi  bo‘lib o‘tdi. Tantanali paradda Samarqand shahar maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etishdi.


Kiritilgan vaqti: 08/01/2019 12:24;   Ko‘rilganligi: 2248
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/news/ozbekiston-respublikasi-qurolli-kuchlari-tashkil-etilganligining-27-yilligi-hamda-vatan-himoyachilari-kuni-munosabati-bilan-markaziy-harbiy-okrug-qoshinlari-harbiy-texnikalari-va-qurol-aslahalari-korgazmalari-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 07/10/2022 13:14
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing