Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta'tili muddatlari tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashlarining 2018 yil 16 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta'tillari muddatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qo‘shma qarori tasdiqlandi. Mazkur qo‘shma qarorda maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarining lavozimi bo‘yicha mehnat ta'tili muddatlari belgilandi.

T/r Lavozimlar nomi Mehnat ta'tili muddati
I. Umumiy tipdagi maktabgacha ta'lim muassasalari 
1 Mudir 36 ish kuni
2 Tarbiyachi-metodist 36 ish kuni
3 Tarbiyachi 36 ish kuni
4 Musiqa rahbari 36 ish kuni
5 Barcha mutaxassisliklar o‘qituvchilari, jumladan, o‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektolog 48 ish kuni
6 Psixolog 36 ish kuni
7 Jismoniy tarbiya yo‘riqchisi 24 ish kuni
8 Tarbiyachi yordamchisi, jumladan, tungi vaqt uchun 24 ish kuni
9 O‘rta tibbiyot xodimlari, jumladan, katta tibbiy va patronaj hamshirasi 24 ish kuni
10 Davolovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, yo‘riqchi metodist 24 ish kuni
11 Kichik tibbiy hamshira 24 ish kuni
12 Bosh oshpaz 24 ish kuni
13 Oshpaz 18 ish kuni
II. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari
14 Mudir 48 ish kuni
15 Barcha mutaxassisliklar o‘qituvchilari, jumladan, o‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektolog 48 ish kuni
16 Tarbiyachi-metodist 48 ish kuni
17 Tarbiyachi 48 ish kuni
18 Musiqa raxbari 48 ish kuni
19 Eshitish xonasi yo‘riqchisi 48 ish kuni
20 Psixolog 36 ish kuni
21 Tarbiyachi yordamchisi, jumladan, tungi vaqt uchun 24 ish kuni
22 Shifokor 24 ish kuni
23 O‘rta tibbiyot xodimlari, jumladan, katta tibbiy va patronaj hamshirasi 24 ish kuni
24 Davolovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, yo‘riqchi metodist 24 ish kuni
25 Kichik tibbiy hamshira 24 ish kuni
26 Bosh oshpaz 24 ish kuni
27 Oshpaz 18 ish kuni
III. Aqliy rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan hamda nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari
28 Shifokor 42 ish kuni
29 O‘rta tibbiyot xodimlari, jumladan, katta tibbiy va patronaj hamshirasi 42 ish kuni
30 Davolovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, yo‘riqchi metodist 42 ish kuni
31 Kichik tibbiy hamshira 42 ish kuni
IV. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari, tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limlari
32 Boshqarma boshlig‘i (vazir), bo‘lim boshlig‘i, ularning o‘rinbosarlari 24 ish kuni
33 Tarkibiy bo‘linma (bo‘lim, sho‘ba, guruh, xizmat) boshlig‘i, ularning o‘rinbosarlari 24 ish kuni
34 Kanselyariya mudiri, arxiv mudiri, arxivchi 24 ish kuni
35 Barcha ixtisosliklar buyicha mutaxassislar, hisobchi, iqtisodchi, bosh mutaxassis, jumladan, bosh hisobchi, bosh iqtisodchi, yuriskonsult, inspektor, muhandis 24 ish kuni
36 Kotiba, referent, ish yurituvchi 24 ish kuni
37 Xo‘jalik mudiri, kassir, dispetcher, ta'minotchi 24 ish kuni
38 Metodist 36 ish kuni
V. Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar
39 Ombor mudiri 24 ish kuni
40 O‘t yoquvchi 18 ish kuni
41 Chilangar-santexnik 18 ish kuni
42 Elektromontyor 18 ish kuni
43 Payvandchi 18 ish kuni
44 Yengil avtomobil haydovchisi 18 ish kuni
45 Dezinfektor 18 ish kuni
46 Choyshablarni yuvuvchi mashinist (qo‘lda yuvilganda) 24 ish kuni
47 Choyshablarni yuvuvchi mashinist (kir yuvish mashinasida yuvilganda) 18 ish kuni
48 Xizmat xonalari farroshi 18 ish kuni

Kiritilgan vaqti: 23/07/2018 21:17;   Ko‘rilganligi: 5958
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/news/ozbekiston-respublikasi-maktabgacha-talim-tizimi-xodimlari-uchun-yillik-uzaytirilgan-mehnat-tatili-muddatlari-tasdiqlandi
Chop etilgan vaqti: 20/03/2023 14:00
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing