Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Oqdaryo tumanida maktabgacha ta’lim qamrovi 86 foizga yetdi

Hozirgi kunda Oqdaryo tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufida 29 ta davlat, 155 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 10 ta DXSh faoliyat olib bormoqda.

Joriy yilning boshida tumanda 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 10902 nafari maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinib, qamrov 80,1 foizni tashkil qilgan edi. Qamrab olish darajasini oshirish maqsadida 11 ta ONMTT ning quvvati 50 nafarga oshirildi, 9 ta oilaviy NMTT yangi tashkil etildi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tasarrufida 26 ta majburiy bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarni tashkil etilib, 780 nafar 6 yoshli bolalar qamrab olindi. Shuningdek, 2 ta yangi Davlat MTT ishga tushirildi, 2 ta DXSh ning quvvati oshirilishi hisobiga bugungi kunda  12068 nafar bola maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinib, qamrov foizi 86 foizni tashkil etmoqda.


Kiritilgan vaqti: 02/12/2022 16:18;   Ko‘rilganligi: 113
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/news/oqdaryo-tumanida-maktabgacha-talim-qamrovi-86-foizga-yetdi
Chop etilgan vaqti: 03/02/2023 13:00
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing