Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Okdaryo tumanida 15 nafar tadbirkorlarga oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish uchun ruxsatnomalar berildi.

2019 yil 19 mart kuni Oqdaryo tumanidagi 4-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida “Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirida Oqdaryo tuman hokimi F.Abilov, tuman hokimi o‘rinbosari M.Saidmurodov, Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova, tumandagi maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralari, tarbiyachilari hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralari ishtirok etishdi.

Tadbirda Oqdaryo tuman hokimi F.Abilov so‘zga chiqib bayram tantanasini ochib berdi va tadbir ishtirokchilarini kirib kelayotgan Navro‘z umumhalq bayrami bilan tabriklab, 15 nafar tadbirkorlarga oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish uchun ruxsatnomalarni tantanali ravishda topshirdi.

Bolajonlar tomonidan “Keldi bahor”, “Andijon polkasi”, “Yurtimda Navro‘z”, “Bahor valsi”, “Bobo dexqon” mavzularida qo‘shiq, raqs hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Bayram so‘ngida Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan  maktabgacha ta'lim muassasalaridagi faol, iqtidorli tarbiyachi, hamshira, ombor mudirlari faxriy yorliqlar hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


Kiritilgan vaqti: 19/03/2019 20:19;   Ko‘rilganligi: 1753
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/news/okdaryo-tumanida-15-nafar-tadbirkorlarga-oilaviy-nodavlat-maktabgacha-talim-muassasalari-faoliyatini-tashkil-etish-uchun-ruxsatnomalar-berildi
Chop etilgan vaqti: 07/10/2022 15:25
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing