Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Nurobod tumanida “Navruz” umumxalq bayrami keng nishonlandi.

Nurobod tumanida 2019 yil 19 mart kuni bahor ayyomi -“Navruz” umumxalq  bayrami keng nishonlandi.

Tadbirga taniqli xonandalar tashrif buyurib, tuman ahliga bayram kayfiyati ulashdi.

Tadbirda 8-sonli “Quyoshcha” hamda 4-sonli “Navruz” MTM tarbiyalanuvchilarining chiqishi barcha tomoshabinlarni xushnud etdi.

Tadbirlar davomida milliy qadriyat va unutilib borilayotgan an'analarimiz, qadimiy sport o‘yinlari, xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari tayyorlanib, omma e'tiboriga havola etildi.


Kiritilgan vaqti: 20/03/2019 19:27;   Ko‘rilganligi: 2451
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/news/nurobod-tumanida-navruz-umumxalq-bayrami-keng-nishonlandi
Chop etilgan vaqti: 20/03/2023 15:27
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing