Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

"Muassasada sport" festivali

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarining maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari  o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5282-sonli qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan "2021-2022-yillarda yurish, yugurish, mini futbol, badmenton, strilbol va "Workout" sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi"da belgilangan vazifalarning ijrosini bajarish maqsadida "Muassasada sport" festivali sport musobaqalarining shahar bosqichi bo'lib o'tdi.

Festivalda yurish, yugurish bo'yicha (maktabgacha ta'lim yoshidagi tarbiyalanuvchilar shug'ullanishiga ruxsat berilgangan spotr turlari bo'yicha amalga oshirish tavsiya qilingan) turlari yuzasidan bellashular tashkil etildi. Har bir tur bo'yicha hakamlar tomonidan tarbiyalanuvchilar baholanib bordilar. Musobaqa yakunida sportning tavsiya etilgan barcha turlari yuzasidan 7-DMTT tarbiyalanuvchilari mutloq g'olib deb topildi va viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.


Kiritilgan vaqti: 05/12/2022 10:37;   Ko‘rilganligi: 105
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/news/muassasada-sport-festivali--
Chop etilgan vaqti: 03/02/2023 11:41
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing