Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Miyonqol mahallasida yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti ochildi.

Oqdaryo tumani 4- sektor hududidagi Miyonqol mahalla fuqarolar yigʻini Nurafshon qishlogʻida yangi bunyod etilgan 60 oʻrinli 15-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

"Obod qishloq" dasturi asosida zamonaviy usulda bunyod etilgan mazkur yangi tashkilot binosini ochilish marosimida tuman hokimi oʻrinbosari,  tuman sektor rahbarlari hamda maktabgacha taʼlim boʻlimi xodimlari, ota-onalar, nuroniylar va mahalla faollari ishtirok etishdi.

  Tadbir davomida tumandagi barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan hosil bayrami koʻrgazmalari namoyish etildi.


Kiritilgan vaqti: 22/11/2022 11:47;   Ko‘rilganligi: 43
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/news/miyonqol-mahallasida-yangi-maktabgacha-talim-tashkiloti-ochildi
Chop etilgan vaqti: 03/12/2022 01:15
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing