Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida karantin qoidalariga qat'iy rioya qilinadi
Xabaringiz bor, yurtimizga koronavirusning “Omikron” shtammi kirib kelganida so‘ng ma'lum cheklovlar o‘rnatildi.
Shu munosabat bilan Maktabgacha ta'lim vazirligi quyidagilarni ma'lum qiladi:
-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida «COVID-19 pandemiyasi davrida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ish faoliyatiga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablar»ga qat'iy rioya etiladi;
-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bayram tadbirlari o‘tkazilishi vaqtinchalik cheklanadi;
-ota-onalar va tashqaridan mehmonlar kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi (zarur vaziyatlarda so‘nggi uch kunlik PSR testi va emlanganligi haqida sertifikati bo‘lishi lozim);
-yig‘ilishlar o‘tkazilishi cheklanadi, zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish choralari ko‘riladi;
-mazkur cheklovning buzilishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda tegishli tartibda javobgarlik choralari (hayfsan, jarima va b.q.) qo‘llaniladi.
Kiritilgan vaqti: 11/01/2022 23:01; Ko‘rilganligi: 199
Chop etilgan vaqti: 21/05/2022 02:11