KATTAQO‘RG‘ON TUMANIDA IKKITA NODAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI ISH BOSHLADI.
"Do‘stlik" MFY hududida tadbirkor Sh.To‘rayeva tomonidan davlat xususiy sherikchilik asosida bunyod etilgan, umumiy qiymati 2 mlrd 9 mln so‘mlik maktabgacha ta'lim muassasasini foydalanishga topshirildi. "Kamalak" nomli ushbu 100 o‘rinli muassasada bolajonlar ta'lim- tarbiya olishlari uchun barcha shart- sharoitlar yaratilgan.
Shuningdek, bugun tadbirkor I.Usmonov tomonidan "M.Ulug‘bek" mahallasida qurilgan "Mittijon" nomli 50 o‘rinli nodavlat (xususiy) maktabgacha ta'lim muassasasi ham o‘z faoliyatini boshladi.
Ochilish marosimida qatnashgan tuman hokimi A.Baxromov ushbu maktabgacha ta'lim muassasalari mamlakatimiz kelajagi yo‘lida munosib xizmat qilishini e'tirof etdi.
Oxirgi o‘zgarish: 01/07/2019 21:50; Ko‘rilganligi: 1845
Chop etilgan vaqti: 05/02/2023 23:13