Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Joriy yilning mart oyida Urgut tumanida 2 ta davlat, 1 ta nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini boshladi.

Urgut tumani  “Ishchan” mahallasida 19-sonli 80 o‘rinli, “Ukrach” mahallasida 34-sonli  100 o‘rinli davlat maktabgacha ta'lim muassasalari Investitsiya dasturi asosida rekonstruksiya qilinib, tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. 25 mart kuni Urgut markazidagi “Bog‘ishamol” mahallasida 80 o‘rinli “Anorabegim” nomli nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining ochilish  tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlarda tuman hokimligi, maktabgacha ta'lim bo‘limi mas'ullari va mahalla faollari qatnashdilar.


Kiritilgan vaqti: 25/03/2019 19:43;   Ko‘rilganligi: 1840
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/news/joriy-yilning-mart-oyida-urgut-tumanida-2-ta-davlat-1-ta-nodavlat-maktabgacha-talim-muassasalari-faoliyatini-boshladi
Chop etilgan vaqti: 07/10/2022 14:54
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing