Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Joriy yilning 27 fevral kuni Tayloq tumani hokimligida davlat-xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tumanda davlat-xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish bo‘yicha yo‘l qo‘yilayotgan kamchilarni bartaraf etish yo‘llari loyiha tashabbuskorlari bilan muxokoma qilindi va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yig‘ilishda Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, tuman hokimining o‘rinbosari, tumandagi maktabgacha ta'lim tizimi rahbarlari va mutaxassislari, Davlat xususiy sherikchilik asosida MTM tashkil etuvchi tadbirkorlar ishtirok etishdi.


Kiritilgan vaqti: 01/03/2019 13:37;   Ko‘rilganligi: 1582
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/news/joriy-yilning-27-fevral-kuni-tayloq-tumani-hokimligida-davlat-xususiy-sherikchilik-asosida-nodavlat-maktabgacha-talim-muassasalarini-tashkil-etish-boyicha-yigilish-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 07/10/2022 13:44
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing