Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Joriy yilning 26-yanvar kuni viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Z.Jurayev raisligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning soliq majburiyatlarini aniqlashda davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlar bazasidan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 471-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan ZOOM platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda boshqarma va tuman (shahar) bo‘limlarining barcha mas’ul xodimlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga xizmat ko‘rsatuvchi, mahsulot yetkazib beruvchi 118 nafar tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Tadbirkorlarga “Insofsiz ijrochilarning yagona reestri”ga kirib qolmasliklari uchun soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilib, ushbu reestrga kirgan tashkilotlar bilan shartnoma tuzilmasligi haqida qat’iy ogohlantirildi. O‘z navbatida boshqarma hamda tuman va shahar maktabgacha ta’lim bo‘limlarining rahbar va mas’ul xodimlariga maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa xizmatlarda uzilishlar bo‘lmasligi uchun zaruriy choralar ko‘rishlari, shuningdek, ijtimoiy soliqlar va viloyat maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi xodimlarning yer va mol-mulk soliqlarini o‘z vaqtida to‘lab borishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Samarqand viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati


Oxirgi o‘zgarish: 26/01/2023 19:15;   Ko‘rilganligi: 111
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/news/joriy-yilning-26-yanvar-kuni-viloyat-maktabgacha-talim-boshqarmasi-boshligi-zjurayev-raisligida-ozbekiston-respublikasi-vazirlar-mahkamasining-2022-yil-22-avgustdagi-davlat-soliq-xizmati-organlari-tomonidan-soliq-tolovchilarning-soliq-majburiyatlarini-ani
Chop etilgan vaqti: 20/03/2023 14:52
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing