Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

2019 yil 6 mart kuni viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi majlislar zalida viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov raisligida kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda davlat xususiy sherikchiligi asosida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish va oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilinib, ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarda uchrayotgan muammolari yuzasidan savollariga javob berildi.

Viloyat studiyasida Maktabgacha ta'lim boshqarmasi o‘rinbosarlari, Moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Markaziy bank boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, “Mirokredit bank”, “Oriyent finans bank” viloyat filiali Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, Yer resurslari va kadastri boshqarmasi, IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlari, shahar va tuman studiyalarida hokim o‘rinbosarlari, maktabgacha ta'lim bo‘limi mudirlari, hamda tashabbuskor tadbirkorlar ishtirok etishdi.


Kiritilgan vaqti: 07/03/2019 12:21;   Ko‘rilganligi: 1654
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/news/2019-yil-6-mart-kuni-viloyat-maktabgacha-talim-boshqarmasi-majlislar-zalida-viloyat-hokimining-orinbosari-rqobilov-raisligida-kengaytirilgan-videoselektor-yigilishi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 07/10/2022 14:19
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing