Хабарлар

Barcha hududlardagi bog‘chalarning ta’lim-tarbiya sifati, hududining obodligi va sanitar-gigiyenik holati o‘rganilmoqda

27-02-2023 21:32   56

2023-yil 27-fevral kuni viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Z.T.Jurayev ishtirokida barcha hududiy bo‘lim rahbarlari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

Joriy yilning 26-yanvar kuni viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Z.Jurayev raisligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning soliq majburiyatlarini aniqlashda davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlar bazasidan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 471-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan ZOOM platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

26-01-2023 19:12   111

Yig‘ilishda boshqarma va tuman (shahar) bo‘limlarining barcha mas’ul xodimlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga xizmat ko‘rsatuvchi, mahsulot yetkazib beruvchi 118 nafar tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Mas'ullar hududlarda ijtimoiy-siyosiy vaziyatni oʻrganishdi.

07-01-2023 15:32   142

Joriy yilning 7-yanvar kuni Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzarahimov Oqdaryo tumanida ijtimoiy-siyosiy vaziyatni oʻrgandi.

Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudirlari va MTT direktorlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

06-01-2023 14:20   135

Yig‘ilishda 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda 2023-yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshiriladigan asosiy ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamshiralari diqqatiga!

05-01-2023 13:05   200

Xabaringiz bor, respublikamizning ayrim hududlarida ba’zi dori vositalarining iste’moli sabab bolalarda o‘lim holatlari kuzatilmoqda. Bu borada respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda tegishli huquqni muxofaza qilish idoralari o‘rganish ishlarini olib bormoqda. 

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligaga vazir tayinlandi.

04-01-2023 13:00   1417

Umarova Hilola Uktamovna
O‘zbekiston Respublikasi
maktabgacha va maktab ta’limi vaziri.
Biografiya
Umarova Hilola Uktamovna 1988 yil 9-avgust sanasida Olmoniyaning Vaymer shahrida tug’ilgan. Millati o’zbek, Partiyaviyligi yo’q . 2018-yil 1-noyabrdan: Toshkent shahridagi Inxa universitetining faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha bosh menejeri lavozimida ishlab kelgan. “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni davlat mukofati bilan taqdirlangan

Ta'lim
Ma’lumoti: oliy

Tamomlagan:

2010 y. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (bakalavr)
2013 y. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (magistratura)
Mehnat Faoliyati
2014-2016 yy. - Toshkent shahridagi Inha universiteti xujjat taʼminoti va nazorati guruhi 1- toifali mutaxassisi
2016-2018 yy. - Toshkent shahridagi Inha universitetihamkorlikni rivojlantirish va homiyliknijalbetish boʻlimi yetakchi mutaxassisi
2018-2018 yy. - Toshkent shahridagi Inha universiteti xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari
2018-2018 yy. - Toshkent shahridagi Inha universiteti xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi
2018-y. - h.v.- Oʻzbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi
2018-y.-h.v. - Toshkent shahridagi Inxa universitetining faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha bosh menejeri

Ishtixon tuman maktabgacha ta`lim bo`limi tasarrufidagi barcha maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun Yangi yil bayram tadbiri tashkil etildi.

29-12-2022 15:00   138

Ishtixon tuman maktabgacha ta`lim bo`limi tasarrufidagi  barcha maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini  yangi yil bayrami bilan tabriklash uchun tumandagi 21 -son Bolalar va musiqa san`at  maktabida tashkil qilingan "Yangi yilim -yaxshi yilim" deb nomlangan bayram tadbiri bo`lib o`tdi.

Maktabgacha ta'lim vazirligida uchrashuv

29-12-2022 14:50   89

Maktabgacha ta'lim vazirligida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri A. ShinningPrezident janoblari Xan Chong Sok boshchiligidagi Puchon universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Yangi yil bayrami shukuhi davom etmoqda

29-12-2022 11:52   76

Yangi yil bayrami o‘zgacha kayfiyatda kutiladigan bayram. Uning moʻjizakorligi ko‘ngillarga ko‘tarinki ruh, zavqu-shavq ulashishidir. Kattayu kichikning Yangi yil sovg‘alarini orziqib kutishi ham odatga aylangan.

Gʻo‘lbaliklarga 60 o‘rinli zamonaviy bog‘cha binosi yangi yil tuhfasi bo‘ldi

28-12-2022 14:47   75

Toyloq tumani Gʻo‘lba mahallasi Soy qishlog‘ida qurilgan 9-maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi va zamonaviy qiyofada foydalanishga topshirilganligi mahalla aholisining quvonchiga sabab bo‘ldi. 

 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing