“Kichkintoylar-shirintoylar” sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
Samarqand shahar 1-son Bolalar-o‘smirlar sport maktabida maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, bolalarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan “Kichkintoylar-shirintoylar” sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyatimizning 16 ta tuman (shahar) maktabgacha ta'lim muassasalaridan g‘olib chiqqan 4 ta jamoa iloncha, to‘pni olib yugurish, halqachani uzatish va sakrash shartlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.
Musobaqada Tayloq tumanidagi 38-maktabgacha ta'lim muassasasining jamoasi birinchi o‘rinni, Pastdarg‘om tumanidagi 4-maktabgacha ta'lim muassasasining jamoasi ikkinchi o‘rinni, Qattaqo‘rgon shahar 17-maktabgacha ta'lim muassasasining jamoasi xamda Qo‘shrabot tumanining 1-maktabgacha ta'lim muassasasining jamoasi uchinchi o‘rinni egalladilar.
G‘oliblar viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasining diplomi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Kiritilgan vaqti: 30/07/2018 21:02; Ko‘rilganligi: 2527
Chop etilgan vaqti: 20/03/2023 15:06