Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Joriy yilning 10-11 avgust kunlari maktabgacha ta'lim muassasalari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi” hamda “Yilning eng namunali oshxonasi” ko‘rik-tanlovlarining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Maktabgacha ta'lim muassasalarining oshpazlari hamda oshxonalari o‘rtasidagi ko‘rik-tanlovlarning Respublika bosqichi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida o‘tkazildi.

“Yilning eng yaxshi maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Samarqand shahridagi 94-son davlat maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi M.To‘xtayeva tanlovda ishtirok etib, “Yilning eng namunali oshpazi” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.

 

 

Shuningdek, “Yilning eng namunali oshxonasi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Samarqand shahridagi 98-son davlat maktabgacha ta'lim muassasasi tanlovda ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, Maktabgacha ta'lim vazirligi, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi hamda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplom, kubok va esdalik uchun sovg‘alar bilan taqdirlandilar. 

 


Oxirgi o‘zgarish: 16/08/2018 17:51;   Ko‘rilganligi: 2413
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/contests/joriy-yilning-10-11-avgust-kunlari-maktabgacha-talim-muassasalari-ortasida-yilning-eng-yaxshi-maktabgacha-talim-muassasasi-oshpazi-hamda-yilning-eng-namunali-oshxonasi-korik-tanlovlarining-respublika-bosqichi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 20/03/2023 14:48
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing