Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

KORXONA VA TASHKILOTLAR DIQQATIGA!

 Samarqand viloyat hokimligi maktabgacha ta'lim boshqarmasi Samarqand viloyat hokimining 2018 yil 24 sentyabrdagi 629-Q-sonli “Samarqand shahrida joylashgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida tajriba tariqasida “Autsorsing” tizimini joriy qilish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan  Samarqand shahridagi davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarni sifatli ovqatlanishini tashkil etish maqsadida ularga oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish yuzasidan tadbirkorlik subyektlarini tanlash bo‘yicha tanlov savdosi o‘tkazilishini e'lon qiladi:

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar 2018 yil 5 oktyabr soat 10.00 ga qadar viloyat komissiyasi (viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi Maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish sho‘basi) tomonidan qabul qilinadi.

  1. Korxona to‘g‘risida umumiy ma'lumot.
  2. Korxonaning guvohnoma va litsenziya.
  3. Xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va hisob raqamlaridagi aylanma mablag‘lar to‘g‘risida ma'lumot.
  4. Korxonaning Ustavi.
  5. Korxonaga jalb etilgan mutaxassislari (umumiy ovqatlantirish texnologi pasporti, diplomi, ma'lumotnomasi, oshpazlarning pasporti, diplomi, sertifikati, ma'lumotnomasi).
  6. “Autsorsing” tizimida ishtirok etish uchun korxonaning tijorat taklifi.
  7. 10 kunlik taomnomalar.

 Manzil: Samarqand shahar, Ko‘ksaroy maydoni 1-uy, 4 qavat.

Telefon: 233-93-76


Oxirgi o‘zgarish: 26/09/2018 10:28;   Ko‘rilganligi: 1790
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/announcements/korxona-va-tashkilotlar-diqqatiga
Chop etilgan vaqti: 21/05/2022 00:52
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing