Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

«EL-YURT UMIDI» JAMG‘ARMASINING STIPENDIYA TANLOVLARIGA ELEKTRON HUJJAT TOPSHIRISH DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi stipendiyalar saralash tanlovi boshlanganligini e'lon qiladi:

 “Fan va ilmiy-tadqiqotlar”, “Sog‘liqni saqlash”, “Davlat boshqaruvi” va “Iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari”.

 Jamg‘arma Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq, respublikamizning barcha hududlardagi nomzodlar uchun bir xil va qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, stipendiya tanloviga nomzodlardan hujjatlar jamg‘armaning www.eyuf.uz internet manzili orqali on-line tarzda elektron shaklda qabul qilinadi.

 

Hujjatlar qabul qilish joriy yil 20 fevraldan 20 martga qadar amalga oshiriladi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya tanlovlari tartibi, qoidalari va saralash tanlovi o‘tkazish jarayonlari to‘g‘risida ma'lumotlar muntazam ravishda jamg‘armaning www.eyuf.uz sayti orqali berib boriladi. Stipendiya nomzodlari mazkur saytga muntazam kirib turishlari so‘raladi.


Kiritilgan vaqti: 12/03/2019 16:29;   Ko‘rilganligi: 2073
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/press/announcements/el-yurt-umidi-jamgarmasining-stipendiya-tanlovlariga-elektron-hujjat-topshirish-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 20/03/2023 15:39
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing