Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Maktabgacha ta'lim vazirligida Turkiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi A. Shen bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Maktabgacha ta'lim vazirligida maktabgacha ta'lim vaziri Agrepina Shinning Turkiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Axmet Bashar Shen bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimining asosiy yo‘nalishlari, ushbu sohada Prezidentimiz Sh.Mirziyoev rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlarni muhokama qilishdi.

Shuningdek, maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish, jumladan MTMlarni rekonstruksiya qilish, jihozlash va qurish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Turkiya elchisi Turkiya tomoni maktabgacha ta'lim vaziri A.Shin tomonidan taklif etilgan tadbirlarni amalga oshirishda ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

Umuman olganda tashrif konstruktiv, do‘stona va xayrixohlik ruhida o‘tdi.

Vazirlik Axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 09/03/2018 11:22;   Ko‘rilganligi: 1819
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/oz/press/news/maktabgacha-talim-vazirligida-turkiyaning-ozbekiston-respublikasidagi-elchisi-a-shen-bilan-uchrashuv-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 28/10/2021 14:06
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing