Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» qabul qilinmoqda

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yil 14 fevralda maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilish va rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish, ta'mirlash va jihozlash, davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy bog‘chalar tashkil etish, ularda bolalarni belgilangan me'yorlar asosida to‘g‘ri va sifatli ovqatlantirish, tarbiyachilarning saviyasi, bilimi va ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan dolzarb vazifalar belgin edi.

Xususan, bu boradagi ishlarni amalga oshirish maqsadida har bir viloyat kesimida “Yo‘l xaritasi” ni ishlab chiqish hamda halq deputatlari kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalarida ko‘rib chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklatilgan edi.

Shu kunlarda hududlarda mazkur sessiyalar o‘tkazilib, unda Maktabgacha ta'lim vaziri va uning o‘rinbosarlari ishtirok etishmoqda.

Kuni-kecha Xalq deputatlari Toshkent,Andijon,Namangan va Farg‘ona viloyatari Kengashlarining navbadan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida Maktabgacha ta'lim vaziri Agrepina Shin va vazir o‘rinrbosarlari ishtirok etishdi.

Xalq deputatlari viloyatlar Kengashlarining navbadan tashqari sessiyalarida viloyat hokimligi va viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan ishchi guruhlari tomonidan o‘tkazilgan kompleks o‘rganishlar, xususan kamchilik va muammolar tahlil etilib, maktabgacha ta'lim muassasalarini yanada rivojlantirish yuzasidan viloyatlarning 2018 yilga mo‘ljallab ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”viloyat deputatlari tomonidan ko‘rib chiqildi.

“Yo‘l xaritasi”da nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida qurilish ta'mirlash ishlarini amalga oshirish, maktabgacha ta'lim muassasalariga 3-7 yoshdagi bolalarning qamrovini oshirish,maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish, maktabgacha ta'lim muassasalarini moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ta'lim sifatini oshirish, yuqori malakali hamda zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan kadrlar bilan ta'minlash masalalari belgilangan. Shuningdek, ushbu masalalarni aniq va sifatli bajarish buyicha ijrochi va mas'ullar tayinlangan.

Yuqorida nomlari keltirilgan xalq deputatlari viloyatlar kengashlari tomonidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” bir ovozdan tasdiqlandi va ijroga qaratildi.

Bu kabi sessiyalar boshqa viloyatlarda ham bo‘lib o‘tmoqda.


Kiritilgan vaqti: 12/03/2018 11:26;   Ko‘rilganligi: 1607
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/oz/press/news/maktabgacha-talim-tizimini-yanada-takomillashtirish-boyicha-yol-xaritasi-qabul-qilinmoqda
Chop etilgan vaqti: 25/10/2021 15:44
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing