Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Maktabgacha ta'lim muassasalari o'rtasida “Yilning eng namunali oshxonasi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018 yil 23 maydagi 02-04/4-19-sonli xati, Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘ining 2018 yil 24 maydagi 107-1-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 29 iyun kuni “Yilning eng namunali oshxonasi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi Samarqand shahar 94-son maktabgacha ta'lim muassasasi binosida o‘tkazildi.

Mazkur ko‘rik-tanlovga tuman bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan nomzodlar qatnashib, namunaviy Nizom talablari asosida taqdimot qilishdi. Hay'at a'zolari tomonidan Samarqand shahridagi 98-MTM 1-o‘ringa, Payariq tumanidagi 16-MTM 2-o‘ringa, Samarqand tumanidagi 34-MTM 3-o‘ringa loyiq deb topilib, Maktabgacha ta'lim boshqarmasi hamda O‘zbekiston Ta'lim, Fan va Madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.


Oxirgi o‘zgarish: 30/06/2018 19:33;   Ko‘rilganligi: 1934
 
Material manzili: https://www.samudo.uz/oz/press/contests/yilning-eng-namunali-oshxonasi-korik-tanlovining-viloyat-bosqichi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 28/10/2021 13:06
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing